35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi amalda
янв.21
Saylov okrugidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
#siyosiy_marifat_soati
янв.21
Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
янв.21
Mustaqillik MFYda obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib borildi
янв.21
#kengash_qarori_qabul_qilindi
янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "25–Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tashabbusi bilan okrugidagi “Konfort Uyim” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

📁 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-son qarorida belgilangan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish vazifalari doirasida amalga oshirildi.

📂 O‘rganish Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida o‘tkazilib, boshqaruv kompaniyasi faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrof hududlarning tozaligi va yoritilishi holati ko‘rib chiqildi.
“Konfort Uyim” boshqaruv servis kompaniyasi tasarrufida 55 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, kompaniyada 30 nafar xodim va 5 ta muhandis faoliyat yuritmoqda. 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida tom qismlarini joriy ta’mirlash bo‘yicha rejalashtirilgan 7 ming m.kv. ish hajmidan amalda 1,5 ming m.kv. qismi bajarilgani, yerto‘lalardagi muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash, issiqlik tik quvurlarini yangilash hamda uylarning fasad qismlarini ta’mirlash bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘liq bajarilmagani aniqlandi.

⚠️ Shuningdek, hududni obodonlashtirish, daraxtlarni butash va boshqa ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagani qayd etildi. Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

💼 O‘rganishda Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov, Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Kuziyeva ishtirok etdi.

Slide 1 of 8