35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi amalda
янв.21
Saylov okrugidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
#siyosiy_marifat_soati
янв.21
Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
янв.21
Mustaqillik MFYda obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib borildi
янв.21
#kengash_qarori_qabul_qilindi
XONADONLAR OBODLIGI — MAHALLA KO‘RKI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 13-Bo‘z saylov okrugi deputati D. Ergasheva o‘z saylov okrugi hududidagi Mingchinor mahallasi U.Nosir ko‘chasida mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Muloqotlar davomida xonadonlar atrofi, ko‘cha bo‘ylari va umumiy foydalanish hududlarini ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, begona o‘t-o‘lanlarni o‘z vaqtida tozalash hamda yashil hududlarni asrab-avaylash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, fuqarolar obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga, o‘z yashash hududiga mas'uliyat bilan yondashishga va mahallaning yanada obod hamda fayzli bo‘lishiga hissa qo‘shishga chorlandi.

Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan bunday sa'y-harakatlar mahallalarda ozoda va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3