35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi 22-iyul, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi 22-iyul, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 Joriy yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrining eksport salohiyatini oshirish, hududiy investitsiya dasturlari bajarilishi, shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning amalga
oshirilishini o‘rganish va natijasi yuzasidan muhokama qilish haqida;

🔺 Joriy yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrining turizm salohiyatini yaxshilash, jumladan hududning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlar ijrosini o‘rganish va natijasini muhokama qilish haqida;

🔺 Toshkent shahrida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida 2026-yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar prokurori hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil II choragida hududdagi davlat organlari va tashkilot rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbariningbhududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari hamda xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati to‘g‘risidagi hisobotini muhokama qilish haqida;

🔺 Toshkent shahrida sanitar-epidemiologik holat bo‘yicha 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish to‘g‘risida;

🔺 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish haqida;

🔺 Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shartsharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini muhokama qilish haqida;

🔺 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔺Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgaritish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahri Bektemir tumanida buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘qonboyev byustini o‘rnatish to‘g‘risida;

🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

🔺 Yangihayot tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1