35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi amalda
янв.21
Saylov okrugidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
#siyosiy_marifat_soati
янв.21
Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
янв.21
Mustaqillik MFYda obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib borildi
янв.21
#kengash_qarori_qabul_qilindi
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Xurboyev hamda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "23-Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov tomonidan "Qo‘g‘oli" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparati rahbari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axborot berilib, Kengash sessiyalarida qabul qilingan qarorlar, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari ijrosi hamda saylov okrugidagi muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilgan ishlar yoritildi.

Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6