35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
янв.21
Mustaqillik MFYda obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib borildi
янв.21
#kengash_qarori_qabul_qilindi
янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, mas’ullar hisoboti qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hisobot natijalari qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
Kengash_faoliyati
#162_qonun
#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

🗣"Limonzor" mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi

⏺Bandixon tumanida mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

💬Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 17-“Limonzor” saylov okrugi deputati S.Shaydilov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar “Limonzor” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

💬Mazkur o‘rganish jarayonlari quyidagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni;

🟢Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori;

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari.

💬Tashrif davomida deputat va mutaxassis mahalladagi ikki bo‘g‘in — Mahalla raisi hamda Xotin-qizlar faolining ish samaradorligini atroflicha ko‘rib chiqdilar:

🔵Mahalla raisi faoliyati tahlili (PF-116 doirasida):

🟢Yangi Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalla raisining "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasidagi ishi o‘rganildi.

🟢Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammolarni "xonadonbay" aniqlash va hal etish tizimi;

🟢Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va faollar o‘rtasidagi jamoaviy hamkorlik mexanizmlari samaradorligi baholandi.

💬Xotin-qizlar faoli faoliyati tahlili (O‘RQ-561 doirasida):

🟢Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida xotin-qizlar faolining ish jarayoni tahlil qilindi:

🟢Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Mahallada tazyiqqa uchragan ayollarni erta aniqlash va ularga "Himoya orderi" berishda profilaktika inspektori bilan hamkorlik darajasi;

🟢Nizoli oilalar bilan ishlash: Ajrim yoqasiga kelib qolgan va muammoli xonadonlar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni yumshatish choralari;

🟢Ijtimoiy ko‘mak: "Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sifati.

💬"Prezidentimizning PF-116-sonli Farmoni mahalla boshqaruviga yangicha mas'uliyat yukladi. Mahalla raisi boshchiligida xotin-qizlar faoli har bir xonadonning ichki muhitidan xabardor bo'lishi shart. Mahallamizda birorta ham ayol o‘zini himoyasiz his qilmasligi, oilalardagi kelishmovchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishi lozim. Bu borada qonun ustuvorligini ta'minlash deputatlik nazoratimiz ostida bo'ladi," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 2