"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev boshchiligida "Hayot" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududi, asosiy va ichki ko‘chalar, yo‘l yoqalari hamda jamoat joylarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hududlarni ozoda saqlash, yashil maydonlarni muntazam parvarishlash, obodonlashtirish ishlari sifatini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish zarurligi alohida ta'kidlandi.