Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat muammoli fuqarolar bilan uchrashdi.

Deputat muammoli fuqarolar bilan uchrashdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev mahalla xodimlari bilan hamkorlikda o‘z saylov okrugidagi muammolari mavjud fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari batafsil tinglanib, ularning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Xususan, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar qayd etildi.

Har bir murojaat bo‘yicha tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish yuzasidan zarur ishlar belgilandi.

Ayrim masalalar bo‘yicha tegishli idoralarga deputat so‘rovlari tayyorlanishi rejalashtirildi.