Oldin xabar berilganidek Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich tomonidan “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filialiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi, bugun esa deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
💧 Xususan, “Qushchilik” MFY “Yurtdoshlar” ko‘chasida ichimlik suvi quvuridagi nosozlik tashkilotning mutaxassis va slesarlari tomonidan bartaraf etilib, suvning isrof bo‘lishiga chek qo‘yildi.
🤝 Mazkur muammoning qisqa muddatda hal etilgani deputatlik so‘rovining amaliy natijasi bo‘lib, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va hududdagi dolzarb masalalarni hamkorlikda hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
⚡️ Fuqarolar manfaatini himoya qilish va joylardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.