35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, mas’ullar hisoboti qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hisobot natijalari qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.
Mahalladagi o‘zgarishlar va faollar ishi o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova hamda tuman Kengashiga 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat N.Aminova tomonidan saylov okrugi hududidagi "Charag‘bon" mahallasida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹Kuzatuv davomida mahalladagi hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aholi farovonligini oshirish borasidagi natijalar tahlil qilindi.
E’tibor markazida bo‘lgan asosiy masalalar:

🔹 Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, investitsiyalar va imtiyozli kreditlar orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi choralar;

🔹Xotin-qizlar faoli faoliyati: Mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish holati.
O‘rganishlar davomida erishilgan yutuqlar bilan birga, hududda yechimini kutayotgan muammolar ham muhokama qilindi. Mahalla faollarining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1