Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi G.Qorayeva, doimiy komissiya a'zosi Y.Berdiyarov, deputat E.Babayev, kotibiyat mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Oqoltin tumani Tibbiyot birlashmasida keng qamrovli o'rganish o'tkazildi.
O'rganish davomida tumanda sog'liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini hamda to'g'ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek sog'liqni saqlash tizimining asosiy ko'rsatkichlari batafsil tahlil qilindi. Mutasaddilar tomonidan mavjud holat o'rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.