Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev va Y.Jo'rayev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda Bo'ston mahallasi raisi T.Ro'ziboyev ishtirokida fuqarolar bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida Bo'ston mahallasining Jaloliddin Manguberdi va Ezgulik ko'chalaridagi ichki yo'llarning ta'mirtalab holatda ekani aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun transport qatnovida noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

O'rganish yakunlariga ko'ra, ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida mas'ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborish hamda masala ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 3