Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi islohotlar va hamkorlik ishlari o‘rganildi

#24_ta_masala
#kunlik_ish_reja_ijrosi

Mahalladagi islohotlar va hamkorlik ishlari o‘rganildi

👨‍💼Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati I.Mardonov tomonidan Mullatog‘ay mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahalla hududida aholi farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini hal etish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan amaliy tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi.

✅Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholi bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

✅Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube