Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev

#kotibiyat_mudiri
#24_ta_masala

🦅Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev, tuman Kengashi deputati I.Mardanov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi K.Erbutayev tomonidan 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🦅O‘rganish davomida muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🦅Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🦅Kelgusida ham ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram