35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi amalda
янв.21
Saylov okrugidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
#siyosiy_marifat_soati
янв.21
Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
янв.21
Mustaqillik MFYda obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib borildi
янв.21
#kengash_qarori_qabul_qilindi
янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
Sinchi va Qorag‘uppa mahallalarida veterinariya sohasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisoboti yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.

Shu maqsadda deputat Sinchi va Qorag‘uppa mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi aholi xonadonlariga tashrif buyurib, xonadonlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarining holati, veterinariya xizmatlarining tashkil etilishi, profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi hamda veterinariya pasportlarini yuritish holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularga ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari sifati bo‘yicha fikr va takliflar tinglandi.

Aholi tomonidan sohani yanada takomillashtirishga doir bir qator takliflar bildirildi.

O‘rganishlar natijasida ayrim hududlarda veterinariya xizmatlari samaradorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2