Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi.

🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 8-Gulzarobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Erxo'jayev nomidan kotibiyat bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, ularning atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilish holati o‘rganildi.

♻️ O‘rganish jarayonida ko'p qavatli uy-joylarning yon atroflari sanitariya holati, umumiy foydalanish joylarining saqlanish darajasi, yoritish tizimlarining ishlash holati hamda yerto‘lalarning foydalanishdagi ahvoli tahlil qilindi.

✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, yoritish tizimlarini yaxshilash maqsadida deputatlar tashabbusi bilan tegishli mutasaddi tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3