Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏡 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N. Himmatova qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida deputat qizlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan masalalar, yoshlarning ta'lim olishi, bandligi, huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

💬 Muloqot jarayonida qizlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bildirilgan murojaat va takliflarni amaliy jihatdan ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🌱 Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4