Yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti S.Mamatov tomonidan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Kengash sessiyalarini tashkil etish va o‘tkazish, qabul qilingan qarorlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyati, kotibiyat tomonidan yuritilayotgan hujjatlar hamda ijro intizomi holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va amaldagi qonunchilik talablarini to‘liq ta'minlash yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli tavsiya hamda uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7