Yangiliklar

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi

📌 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-Qishliq saylov okrugi deputati S.Abirova tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida turli yo‘nalishlarda rasmlar va insholar tanlovlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tanlovlar yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, iste’dodlarini namoyon etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.