Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Chag‘atoy” mahallasi hududida joylashgan 26-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat davomida muassasaning bugungi faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari atroflicha o‘rganildi.

👶 Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, ovqatlanish sifati, guruh xonalari va hududning obodonlashtirilganligi hamda pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5