Yangiliklar

Yangisanoat MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan Yangisanoat mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududining sanitariya holati, ichki yo‘llar, ariq va zovurlarni tozalash, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashilib, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarni obod va fayzli saqlash, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 2