Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Y.Jo'rayev, J.Mamadaliyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman suv ta'minoti AJ bo'limi boshlig'i P.Kurakbayev ishtirokida Bo'ston mahallasi yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda mahalladagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, fuqaro M.Yuldasheva tomonidan kutubxona tashkil etish bo'yicha amaliy yordam so'raldi. Shuningdek, tik quduq (vertikal drenaj) qurish hamda Yangiobod, Hosilobod, Ozodlik va Saodat ko'chalaridagi ichimlik suvi ta'minoti bilan bog'liq masalalar ko'tarildi.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko'rish belgilandi.