Yangiliklar

Sessiyaga tayyorgarlik

📌 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrilmoqda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, kotibiyat mudiri B.Amanov hamda kotibiyat mutaxassislari ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar hamda qaror loyihalari qaytadan atroflicha tahlil qilib chiqildi. Muhokamalarda har bir masalaning hudud rivoji va aholi farovonligiga taʼsiri, shuningdek, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalarni sifatli tayyorlash va ularni deputatlar muhokamasiga puxta shaklda olib chiqish boʻyicha kotibiyat masʼullariga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3