Yangiliklar

Zarapetyan 6-uy oldidagi daraxt holati o‘rganilib, bartaraf etildi

Zarapetyan 6-uy oldidagi daraxt holati o‘rganilib, bartaraf etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tashaeva Shaxnoza xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka asosan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Zarapetyan ko‘chasi 6-uy oldi hududida joylashgan daraxtning holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur daraxtning qurigan va xavf tug‘diruvchi holatga kelgani aniqlanib, hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

O‘rganish davomida bunday holatlarning oldini olish, yashil hududlarni muntazam nazorat qilish va zarur parvarish ishlarini o‘z vaqtida olib borish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3