Yangiliklar

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov tomonidan tumandagi “Yangi hayot” MFY hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlari ijrosi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📍 O‘rganish jarayonida mahallada ichki yo‘llarni shag‘allashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirilib, mazkur ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔄  Shuningdek, hududda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot jarayonida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 1