Mazkur jarayon O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati G.Rayimova tomonidan amalga oshirildi. Nazorat tadbiri davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning sifat darajasi o‘rganildi.
O'rganish yakunida deputat tomonidan ushbu obyekt bo‘yicha nazorat ishlari izchil davom ettirilishi takidlandi.