Yangiliklar

"Munis Al-Xorazmiy" istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat tomonidan o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov tomonidan Tuproqqal’a tumanining "Yoshlik" mahallasida joylashgan "Munis Al-Xorazmiy" nomidagi istirohat bog‘ining bugungi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida dam olish maskanlarida aholi, ayniqsa, yoshlar va oilalar uchun yaratilgan sharoitlar, attraksionlarning texnik va xavfsizlik holati hamda hududlarning obodonlashtirilishi va infratuzilmasiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, istirohat bog'ini yanada obod qilish, mavjud qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

🌿 Mazkur o‘rganishlar hududdagi yashil maydonlarni asrash, dam olish maskanlarini yanada jozibador etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.