Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati Shoira Usmonova o‘zi saylangan okrugda joylashgan “O‘rtaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatladi.

Tadbir davomida "Ijtimoiy reyestr"da turgan oilalar farzandlariga tuman Nuroniylar bo‘limi hamda mahalla nuroniylari bilan birgalikda sport kiyimlari hamda 7 turdagi o‘quv qurollari tarqatildi.

Bu kabi tadbirlar mahalladagi ehtiyojmand oilalar farzandlarining ta’lim olishi va sport bilan shug‘ullanishiga munosib sharoit yaratish, qolaversa, yosh avlodga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.

Slide 1 of 4