O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati, ularning murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda amaliy yordam ko‘rsatish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.
Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, yolg‘iz yashovchi fuqarolar va kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi hamda ularning ehtiyojlariga mosligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ijtimoiy xizmatlarni sifatli tashkil etish, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hayot sifatini yaxshilash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.