Yangiliklar

Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Amanqulov tumandagi “Navbahor” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputatlar mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla “ettiligi” va vakillarining kunlik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda hududdagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilmoqda.

O‘rganishlar yakunida deputat K. Amanqulov hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 1