Yangiliklar

🤝 Mahalladagi ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Z. Esirgapova hamda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan D. Saidova Uyas mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✨ Inson manfaatlarini ta’minlash va aholining muammolariga yechim topish yo‘lidagi amaliy ishlar doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 3