📝So‘rovda Asalobod ko‘chasidagi Xosiyatli podstansiyasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasigacha yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan kabel yotqizish ishlari davomida piyodalar yo‘lagining bir qismi qazilgani biroq hozirgi kunga qadar tiklanmagani qayd etilgan.
❗️Natijada hudud aholisi ayniqsa keksalar, ayollar va bolalar uchun harakatlanishda noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan.
📝Deputat so‘rovida mas’ul tashkilotlar ishtirokida holatni joyida o‘rganish, qazilgan trotuar qismini qisqa muddatlarda tiklash hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.