Uchrashuvlar davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib chiqildi. Xususan, bandlikni ta’minlash, tibbiy xizmat sifati, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.
Har bir murojaat e’tiborda, har bir inson taqdiri qadrli!