Yangiliklar

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

 O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va bandlik dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan fikr almashildi.

 O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini yanada oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1