Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'ti. Yig'ilishda yoshlar maslahat guruhi a'zolari, ekspert guruhi az'olari va boshqalar ishtirok etdi. Yig'ilishda mas'ul rahblarning hisobotlari tinglandi. Ma'lum sabablarga ko'ra doimiy komissiya yig'ilishida qatnasholmagan deputatlar zoom orqali ishtirok etdi. Doimiy komissiyada quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.
янв.21
‼️ N A V B A T D A G I doimiy komissiya yig'ilishi ‼️
янв.21
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
янв.21
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
янв.21
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
янв.21
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
янв.21
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
янв.21
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
янв.21
#murojaatlar
янв.21
#huquqiy_tavsiyalar
Hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan tuman kengashi deputati F.Temirov Bo‘ston mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “temir daftar”, “ayоllar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati ham ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi turmush farovonligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3