Sessiya davomida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Imomov Sanjarali Tolkinovich so‘zga chiqib, komissiya tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan xarajatlar loyihalari dastlab atroflicha muhokama qilingani, ularning maqsadga muvofiqligi, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi yuzasidan tegishli xulosa tayyorlanganini ta’kidladi.
Shuningdek, komissiya tomonidan xarajatlar qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilgani hamda ushbu masalalar yuzasidan Kengash sessiyasiga tegishli tavsiyalar kiritilgani haqida ma’lumot berildi.