O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengash raisi Artikov Davron Omarbayevich tomonidan Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
🤝 Yig‘ilish davomida:
🔹 partiya va tuman Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik
🔹 o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar
🔹 tizimdagi yangiliklar
🔹 dolzarb masalalar bo‘yicha kelgusi vazifalar muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish va muhim yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.