Yangiliklar

Deputat tomonidan mahalladagi kriminogen holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat G.Xudoyarova tomonidan Mustaqillik mahallasi profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar mahalla hududida jinoyat sodir etilmagan bo‘lib, hozirgi kunda mahalla “yashil hudud” sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, mahallada 81 nafar fuqaro mehnat migratsiyasiga ketgani, 55 nafar fuqaro migratsiyadan qaytgani hamda 3 nafar fuqaro probatsiya nazoratida turgani ma’lum qilindi.

Profilaktika inspektori tomonidan jinoyatchilikning oldini olish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotgani, jumladan, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha mahallada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda ogohlantiruvchi flayerlar tarqatilmoqda.

Slide 1 of 2