IJTIMOIY HIMOYA QONUNCHILIGI IJROSI DOIMIY ETIBORDA
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi Abduaziz Zikiryayev tumanda «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonun (№O‘RQ-415) ijrosi bo‘yicha monitoring olib bordi.
Kengash raisi ehtiyojmand qatlam uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati va dori-darmon ta’minotini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi A.Zikiryayev tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.