Yangiliklar

Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida tumanda turizmni rivojlantirish, mavjud turistik salohiyatdan samarali foydalanish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududdagi dam olish maskanlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🔷Tumanda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, turizm infratuzilmasini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar ham tahlil etildi.
Qabul qilingan dasturlar asosida so‘nggi 5 yilda tumanda 59 ta yirik turistik obyektlar tashkil etilganligi, hududga 3,5 trln. so‘m miqdorda investitsiya jalb qilinganligi, 13 mingdan ortiq joylashtirish o‘rinlari yaratilganligi ma’lum qilindi.

🔷Deputat tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, turizm xizmatlari sifatini oshirish, hududning sayyohlik jozibadorligini yanada kuchaytirish hamda sohaga oid murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3