📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan tuman Kengashi 26-sessiyasining VII-26-36-9-122-K/26-sonli qaroriga asosan 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oila xonadonini ta’mirlash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida xonadonda ta’mirlash ishlari boshlanganligi, isitish tizimi o‘rnatilgani hamda xonalardan birining pol qismi almashtirish maqsadida olib tashlanganligi aniqlandi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan deputatlar tomonidan nazorat o‘rnatildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.