Yangiliklar

Yashnobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Yashnobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Yashnobod tumani “Uchchinor” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi piyodalar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov tomonidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

📝 Jumladan, “Uchchinor” mahallasi Murabbiylar ko‘chasi 14-uy oldidagi “Medikal Sentr” avtobus bekati hududida piyodalar yo‘l yotiq chiziqlarini (zebra chiziqlari) o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

📂 Deputatlik so‘rovida mazkur hududdagi holatni atroflicha o‘rganish, piyodalar yo‘l yotiq chiziqlarini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan.

🗣 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1