✅Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
✅Ayni kunlarda Beshnayman mahallasining ichki yo‘llarida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha hudud deputati M. Altibayeva tashabbusi hamda deputatlik so‘rovlari asosida shakllantirilib, Pastdarg‘om tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasining reja-grafigiga kiritildi.
✅Hozirda mahalla ichki yo‘lining 1 kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu asfaltlashtirish ishlari uchun jami 700 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
✅Obod mahalla – farovon hayot garovi!