Yangiliklar

Mahalla infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar hududdagi mahallada mavjud infratuzilma holatini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, gaz ta’minoti, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish ishlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining xolati muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammo va kamchiliklar joyiga chiqib o‘rganildi.

Ushbu masalalar Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining doimiy komissiyasi muhokamaisga kiritilishi ta'kidlandi

Slide 1 of 6