Yangiliklar

Deputat tashabbusi — amaliy natija

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Ummatov Dilmurod Nuriboyevich tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganish ishlari davomida Pastki So‘loqli mahallasida joylashgan 140 ta xonadonga elektr energiyasi yetkazib beruvchi transformator nosoz holga kelib qolgan ma'lum bo'ldi. Mazkur muammo deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, uning tashabbusi bilan tegishli mutasaddi tashkilotlarga zudlik bilan xabar berildi. Hozirda elektr ta’minoti mas’ullari jalb etilib, mavjud nosozlikni bartaraf etish, transformatorni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 1