📌 AHOLI BANDLIGI VA TOMORQA DAROMAD MANBAI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov joylarda aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish masalalarini o‘rganmoqda.
🌱 Bugun har bir qarich yerdan unumli foydalanish – oila farovonligi va bozorlarimiz to‘kinligining garovidir.
Deputatimiz xonadonlardagi ekin maydonlarini ko‘zdan kechirib, aholiga zamonaviy agrotexnik maslahatlar bermoqda.
Asosiy maqsad:
✅ "Har bir oila — tadbirkor" tamoyili asosida aholini ish bilan ta'minlash;
✅ Tomorqada kartoshka va boshqa poliz ekinlari yetishtirish orqali qo‘shimcha daromad yaratish;
✅ Ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish.
💬 "Yerdan rishqini terib olayotgan dehqon nafaqat o‘z oilasini, balki yurtimizni ham boqadi," — deydi B.Mirzabekov.