Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada aholini qiynayotgan masalalar o'rganildi

Mahallada aholini qiynayotgan masalalar o'rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Shaxzod Baxodir o'g'li tomonidan Xusniobod mahallasida qurilishi tugallanmagan obyektlar va yo'lga qo'yilgan kamchiliklar o'rganildi. Ushbu mahalla Obod mahalla (2024-yil) dasturiga kirgan bo'lsada biroq bazi ishlar tugallanmasdan qolib ketgan.

Shu bilan birga Mahalla hududida joylashgan bolalar maydonchasi va mini stadion qurilish rejalashtirilgan bo'lsada tugallanmasdan qolgan. Bazi suv o'tish qismlari berk holda tashlab ketilgan va yo'l qoplamasi qoplangan. 

Ko'p qavatli uylar old qismidagi yo'llarda beton qoplamasi yotqizilgan bo'lib, hech qancha vaqt o'tmasdan yaroqsiz holga kelgani tanqidiy o'rganildi.

Mavjud o'rganilgan muammolar yuzasidan zaruriy va tezkor choralar ko'rish bo'yicha tegishli tartibda deputatlik so'rovi shakllantirildi va mutassadi organlar ogohlantirildi.

Slide 1 of 3