Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirov tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi va mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, hokim yordamchisining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5