Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qo‘qon shaharda sanitar-epidemiologik holat, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar Sanitariya-epidimologiya va jamoat salomatligi markazining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan xisoboti eshitildi.
Xisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan shaharda turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, vaksinalar bilan ta’minlanish masalalarida muxokama qilindi.