Yangiliklar

Toshmachit mahallasida xotin-qizlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganildi

Toshmachit mahallasida xotin-qizlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 7-Toshmachit saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov Toshmachit mahallasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori asosida xotin-qizlar faoli faoliyati, ularning asosiy vazifalari hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammoli oilalar bilan ishlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish, tizim samaradorligini oshirish hamda xotin-qizlar faolligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4