Yangiliklar

Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

 Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi 

Uchrashuv davomida hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni
rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Hokim yordamchisi tomonidan 4 ta yangi YATT faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 1 ta faoliyat qayta tiklandi. Bu esa hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda. Aprel oyi davomida yana 7 ta mikroloyihani ishga tushirish rejalashtirilgani ta’kidlandi. Mazkur loyihalar orqali aholining daromad
manbalarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
4 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning o‘z biznesini boshlashi
va rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 4